08 dek 10:51
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jahon chempionatidagi ishtirokimizni Nigora Abdullaeva boshlab berdi
Hamyurtlarimizning ishtirokini -55 kg vazn toifasidagi atletimiz Nigora Abdullaeva boshlab berdi. Nigora dast ko'tarishda 86 kg, siltab ko'tarishda 106 kg natija qayd etib, ikki kurashda 192 kg bilan musobaqani oltinchi o'rinda yakunladi.
Kutilganidek, ushbu vaznda oltin medal Tokio-2020 chempioni filippinlik Xidilin Diasga nasib etdi. Mezbonlar vakilasi Rosalba Morales kumush, meksikalik Ana Lopes bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Og'ir atletika bo'yicha JCH. Ayollar, -55 kg:
1. Xidilin Dias (Filippin) – 207 (93+114) kg
2. Rosalba Morales (Kolumbiya) – 199 (89+110) kg
3. Ana Lopes (Meksika) – 198 (90+108) ...
6. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 192 (86+106) kg
Terma jamoamiz vakillarining keyingi ishtiroki 9-dekabr sanasiga belgilangan bo'lib, unda Adhamjon Ergashev hamda Doston Yoqubov -67 kg vazn toifasida medallar uchun supaga chiqishadi.
Fikrlar