29 may 09:10
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jahon chempionatining 6-kunidan FOTOREPORTAJ
Jahon chempionatining oltinchi kuni erkaklar o'rtasida -89 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini Hakimjon SHamshidinov himoya qildi. Atletimiz dast ko'tarish mashqida 146 kg, siltab ko'tarishda esa 182 kg toshni o'ziga bo'ysundirdi. Ikkikurash natijasiga ko'ra 328 kg natija qayd etgan Hakimjon 6 o'rinni band etdi.
Dast ko'tarish mashqidan keyin, yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalangan holda, o'z tavallud ayyomini nishonlayotgan Xalqaro og'ir atletika federaciyasi vakili, greciyalik Kasmeris Anastasiosni hamkasblari qutlashdi!
Og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati. Erkaklar, -89 kg
1. Bratu Tudor (Moldova) - 346 (155 + 191) kg;
2. Maksim Moguchev (Rossiya) - 341 (153 + 188) kg;
3. Nikolaenko Olex (Ukraina) - 339 (158 + 181) kg.
Suratlar muallifi - Alimurod MAMADAMINOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar