11 sen 07:02
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Jahon chempionatining yana bir kunini medalsiz yakunladik
Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatining yana bir kuni ortda qoldi.
Kechagi kun doirasida O'zbekiston og'ir atletika terma jamoasining ayollar o'rtasida -64 kg vazn toifasidagi vakilasi SHahloxon Abdullaeva supachaga chiqdi. Hamyurtimiz dast ko'tarish yo'nalishida 91 kg, siltab ko'tarishda esa 112 kg, umumiy hisobda 203 kg natija qayd etdi va musobaqani medalsiz yakunladi.
Abdullaeva terma jamoamizning mazkur jahon chempionatidagi ishtirokini yakunlagan to'rtinchi vakili bo'ldi. Bundan avval Adhamjon Ergashev, Jamila Panfilova hamda Doston Yoqubov musobaqadagi ishtirokini yakunlagan edi.
Malumot uchun, bugun terma jamoamizning yana ikki sportchisi - Muhammadqodir Toshtemirov (-81 kg) hamda Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg) bahslarga kirishadi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar