So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

10 dek 18:18
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Jahon kubogi oldidan murabbiylarimizdan kutilmagan qaror

Teglar :  Og'ir atletika
Bugun Xitoyning Tyanczin shahrida og'ir atletika bo'yicha Jahon kubogi start oldi.

Yilning so'nggi nufuzli musobaqalaridan birida sayyoramizning eng kuchli polvonlari g'oliblik uchun bahs olib boradi. SHubhasiz, unda O'zbekiston terma jamoasi ham g'oliblik uchun kurashadi. Sizlarni Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan mazkur musobaqa atrofidagi qiziqarli malumot va faktlar bilan tanishtirib o'tamiz:

Terma jamoamiz ishtirokchilar soni bo'yicha kuchli uchlikda.

SHubhasiz, O'zbekiston terma jamoasi vakillari har bir musobaqada etakchilar qatorida tilga olinadi. Bu musobaqada ham vakillarimiz asosiy tarkib bilan ishtirok etmoqda va g'oliblik uchun bahs olib boradigan vakillarimiz soni 11 nafarni tashkil qiladi. Bu Xitoy (20) va Janubiy Koreya (16) terma jamoalaridan so'ng uchinchi ko'rsatkich demakdir.

Adhamjon Ergashev o'z vaznini o'zgartiradi.

Musobaqaning kutilmagan jihatlaridan biri mahoratli sportchimiz Adhamjon Ergashev ushbu musobaqada -73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etishi bo'ldi. Malumki, vakilimiz -67 kg. toifada ishtirok etib kelardi va ushbu vaznda Tokio Olimpiadasi yo'llanmasini deyarli naqd qilib qo'ygan. Murabbiylar shtabining mazkur qarori esa ko'pchilikni taajjublantirdi. Negaki, bu vaznda Olimpiada reytingida ettinchi pog'onani egallab turgan Doston Yoqubov ishtirok etib kelar edi. Demak, Jahon kubogida Ergashev va Yoqubov elkma-elka yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Ularning asosiy raqibi esa, shubhasiz, musobaqa mezbonlari bo'ladi.

Jahon kubogida vakillarimiz ishtirok etadigan taqvim:

10 dekabr:
-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-81 kg: Muhammadqodir Toshtemirov

11 dekabr:
-55 kg: Muattar Nabieva va Nigora Abdullaeva
-89 kg: Sarvarbek Zafarjonov
-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-71 kg: Nigora Suvonova

12 dekabr:
-81 kg: Tursunoy Jabborova
-109 kg: Akbar Jo'raev
+87 kg: Dolera Davronova

Bugun O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi ushbu sana munosabati bilan barcha hamyurtlarimizni muborakbod etib, atletlarimiz sharafiga madhiyamizning Xitoy arenasida bir necha bor yangrashini tilab qoladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing