06 dek 19:40
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jamila Panfilova Doxa Gran-prisida o'n birinchi bo'ldi
Musobaqaning ilk kuni doirasida -49 kg vazn toifasida O'zbekiston terma jamoasi azosi Jamila Panfilova bahslarda ishtirok etgan edi.
"B" guruhida ishtirok etgan hamyurtimiz dast ko'tarish yo'nalishida 78 kg, siltab ko'tarishda esa 96 kg, ikki kurash yakuniga ko'ra 174 kg natija qayd etgan edi.
Kecha ushbu vazn toifasida "A" guruhidagi bellashuvlar o'tkazildi.
Ushbu guruhda qayd etilgan yakuniy natijalarga ko'ra, xitoylik Jiang Huihua 216 kg bilan oltin, SHimoliy Koreya vakilasi Ri Song Gum 213 kg natija bilan kumush hamda yana bir xitoylik sportchi Hou Zihuy 209 kg tosh ko'targan holda bronza medaliga ega chiqdi.
Ikki kurash yakuniga ko'ra 174 kg natija qayd etgan Jamila Panfilova yakunda 11-o'rin bilan cheklandi.
Malumot o'rnida, Gran-pri turkumidagi musobaqalarda g'oliblar ikki kurash yakuniga ko'ra aniqlanadi.
Fikrlar