09 dek 19:57
Yangiliklar
Og'ir atletika. Jamila Panfilova jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi (+FOTO)
Musobaqaning navbatdagi kuni supachaga -55 kg ayollar ko'tarilishdi. Ushbu guruhda hamyurtimiz Jamila Panfilova ham ishtirok etdi.
2003 yil Toshkent viloyati tavallud topgan sportchi qizimiz jahonning eng sara atletlari bilan munosib bahs olib bordi.
Dast ko'tarish mashqida dastlabki urinishda 82 kgni ko'targan Panfilova, keyingi ikki urinishda 86 kg tosh Jamilaga og'irlik qildi. Siltab ko'tarishda hamyurtimiz 98 kg natija qayd etdi. Ishonib qolamizki, jahon chempionati sportchimiz uchun yaxshi mahorat maktabi bo'lib xizmat qiladi.
Kuchli uchlik esa quyidagicha ko'rinish oldi:
Kattalar o'rtasida jahon chempionati
Ayollar -55 kg
1. Gufran Belkxir - 203 (92+111) kg;
2. Adenike Adijat Olarinoe - 203 (90+113) kg;
3. Svitlana Samulyak - 201 (91+110) kg;
15. Jamila Panfilova (O'zbekiston) - 180 (82+98) kg.
Fikrlar