12 sen 14:01
Yangiliklar
Og'ir atletika. JCHda medallar jamg'arish reytingida O'zbekistonning o'rni qanday?
Kecha -81 kg vaznli yurtdoshimiz Muhammadqodir Toshtemirov oltin va bronza medallarini qo'lga kiritdi. U dast ko'tarishda oltin, umumiy hisobda esa bronza medaliga ega chiqdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so'ng O'zbekiston medallar reytingiga kirdi.
"Kichik medallar" reytingida bitta oltin medal bilan 12-o'ringa chiqib oldik.
"Katta medallar" reytingida esa bitta bronza bilan 13-o'ringa joylashdik.
Har ikki yo'nalishda ham Xitoy terma jamoasi peshqadam bo'lib turibdi.
Hali yana bir necha yo'nalishlarda atletlarimizning chiqishi kutib turibdi. Ruslan Nurudinov, Akbar Jo'raev kabi yurtdoshlarimiz 16 sentyabr kuni medallar uchun kurashadilar:
Erkaklar:
13.09 16:00 -96 kg: Sunnatilla O'sarov
13.09 23:30 -102 kg: SHarofiddin Amriddinov
16.09 21:00 -109 kg: Ruslan Nurudinov
16.09 21:00 -109 kg: Akbar Jo'raev
17.09 18:30 +109 kg: Rustam Jangaboev
Ayollar:
15.09 21:00 -87 kg: Rigina Adashbaeva
16.09 13:30 +87 kg: Tursunoy Jabborova.
Fikrlar