12 mar 11:43
Yangiliklar
Og'ir atletika. JCHdagi muvaffaqiyatli yurish davom etadi: bizda yana 3 ta medal
Yigitlar o'rtasida 73 kilogrammgacha bo'lgan vazndagi polvonlar bahsida yurtdoshimiz Asadbek Narimonov 1 ta oltin va 2 ta kumush medallariga ega bo'ldi.
Vakilimiz dast ko'tarish mashqida 133 kg natija qayd etib, bu yo'nalishning oltin medali bilan taqdirlandi. Biroq siltab ko'tarish mashqida 154 kg natija bilan ikkinchi ko'rsatkichni qayd etdi. Umumiy hisobdagi natijasi esa 287 kg.ga teng bo'ldi va bu ham yakunda yana bir kumush medalni taqdim qildi.
O'smirlar o'rtasida JCH. Las-Vegas, AQSH
Yigitlar -73 kg
1. Karlos Nasar (Bolgariya) – 291 kg
2. Asadbek Narimonov (O'zbekiston) – 287 kg
3. Amagiak Misakian (Greciya) – 272 kg
Eslatib o'tamiz, musobaqada bungacha Nigora Abdullaeva 3 ta oltin, Og'abek Nafasov 2 ta kumush medallarini qo'lga kiritgan edi. Og'ir atletika federaciya, sportchi va murabbiylarimizni navbatdagi medallar bilan tabriklab qolamiz.
Fikrlar