So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

06 dek 14:16
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Kattalar o'rtasida JCH: Vakillarimiz ishtirok etadigan vaqtlar malum

Teglar :  Og'ir atletika
Xabar berganimizdek, 7 - 17 dekabr kunlari Toshkent shahri og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Yurtimizda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan musobaqada dunyoning 80ga yaqin mamlakatidan 400dan ortiq sportchi “Yunusobod” sport majmuasi supachasiga ko'tarilishi kutilmoqda. 

CHempionatga puxta tayyorgarlik ko'rgan O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Rio-2016 va Tokio-2020 chempion va rekordchilari Ruslan Nurudinov (jahon rekordi ham unga tegishli) va Akbar Jo'raev ham ishtirok etadi. SHuningdek, Adhamjon Ergashev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvarbek Zafarjonov va yana bir qator sportchilarimiz salohiyatini namoyish qilishiga ishonamiz. Ayollar terma jamoasi vakili, Tokio Olimpiadasi rekrodchisi Muattar Nabieva ushbu musobaqada ishtirok etmaydi, lekin bir qator yosh sportchi qizlarimiz dunyoning eng kuchli atletlari bilan kurashda ulkan tajriba orttirishadi hamda bu ularga Parij-2024 yo'llanmasini qo'lga kiritishda as qotadi degan umiddamiz.

Ayni paytda musobaqaning barcha rasmiy jarayonlari, shu qatorda ishtirokchi va ularning chiqish vaqtlari malum bo'ldi.


Atletlarimizning musobaqada qatnashish vaqti bilan tanishtirib o'tamiz:

Ayollar

-49 kg. Zuhra Otajonova - 19:00 (8.12) 

-55 kg. Jamila Panfilova - 16:00 (9.12)

-71 kg. Kumushxon Fayzullaeva - 19:00 (13.12)

-87 kg: Tursunoy Jabborova - 19:00 (16.12)


Erkaklar

-67 kg. Adhamjon Ergashev - 16:00 (10.12)

             Doston Yoqubov - 16:00 (10.12)

-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)

-89 kg. Otaxon Imomov - 10:30 (13.12) (B guruh)

-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov - 16:00 (13.12)

-96 kg. Hojiakbar Olimov - 08:30 (14.12) (C guruhi)

-96 kg. Qurbonmurod Namozov - 13:00 (15.12)

-109 kg. Ruslan Nurudinov - 16:00 (16.12)

                Akbar Jo'raev - 16:00 (16.12)

+109 kg. Mirhosil Mirzaboev - 08:00 (17.12) (C guruh).


O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

   
10 dek 18:37:24
Bulent
Nime Muattar Nabieva yuq
   
06 dek 22:53:06
Bulent
Nme kupi yuq uzimizda utayotgan bulsayam tuliq tarkib bn qatnashmaymizmi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing