05 dek 08:25
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Kecha Doxa Gran-prisi start oldi. Musobaqaning ilk kunida Jamila Panfilova supachaga chiqdi
Kecha Qatar poytaxti Doxa shahrida og'ir atletika bo'yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi turnir boshlandi.
Musobaqaning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasidan -49 kg vazn toifasidagi Jamila Panfilova bahslarga kirishdi. "V" guruhidagi bahslarda ishtirok etgan Panfilova dast ko'tarish yo'nalishida 78 kg, siltab ko'tarishda esa 96 kg, ikki kurash yakuniga ko'ra 174 kg natija qayd etdi.
SHu tariqa, Jamila o'z guruhida dast ko'tarishda uchinchi, siltab ko'tarish va ikki kurash yo'nalishida to'rtinchi bo'ldi. Bugun ushbu vazn toifasida "A" guruhi bellashuvlari o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar