So’nggi yangiliklar

21:08Баракалла! "Номзодлар турнири". Синдаров пешқадамлар баҳсида асосий рақиби Фабиано Каруанани мағлуб этди 0 18:09Топурия ижтимоий тармоқлардаги статусида Гэтжи устидан ғалабани олдиндан ўз ҳисобига ёзиб қўйди + ФОТО 0 17:47Қизиқ! Шерзод Темиров 24 соат ичида иккита ўйинда иштирок этди. Футболчининг ўзи вазиятга изоҳ берди 0 17:27Абдуллаев, Жалолов, ва Жамалов. Эркин кураш терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби қандай? 0 17:06Синдаров: "Болалигимизда Праггнанандҳа билан кўп ўйнаганмиз ва деярли ҳар доим у ютарди" 0 16:43Кутганмидингиз? Шоҳжаҳон Эргашевнинг Батир Жукембаев билан жанги қолдирилди 0 16:22Конго ДР президенти терма жамоани табриклади 0 15:57Чемпион Волкановскининг кейинги рақиби Мовсар Евлоев бўлади 0 15:35M25 Maanshan: Фомин ғалаба билан бошлади, Шинда мағлубият 0 15:10Россиялик спортчи UFC'да Қозоғистон номидан жанг қилмоқчи 0 14:45Гаттузо узр сўради 0 14:22Нурсултон Рўзибоев UFC'даги кейинги жанги аниқ бўлганини тасдиқлади (ФОТО) 0 13:56Хоккей бўйича миллий терма жамоамиз Жаҳон чемпионати олдидан ўртоқлик ўйинида қатнашди 0 13:29UFC рейтинги янгиланди: Пайфер энди топ-10 да, Адесанья эса... 0 12:58Барча ЖЧ-2026 иштирокчилари маълум: Осиёдан 9 та жамоа, Африкадан 10 та! 0

10 fev 18:04
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Kumushxondan 3 ta oltin

SHu kunlarda poytaxtimiz og'ir atletika bo'yicha Xalqaro birdamlik musobaqasi o'tkazilmoqda.

Musobaqaning ikkinchi kuni erkaklar o'rtasida -67 kg vaznda g'olib va sovrindorlar nomini aniqlashdan boshlandi. Pokistonlik Talib Talha dast ko'tarishda 142 kg, siltab ko'tarishda 162 kg, ikki kurash yakuniga ko'ra 304 kg og'irlikni o'ziga bo'ysindirib shohsupaning yuqori pog'onasidan joy oldi. Turkiya sharafini himoya qilayotgan Hardal Ferdi ikki kurashda 286 kg: dast ko'tarish 126 kg, siltab ko'tarishda 160 kg o'g'irlikni qiyinchiliksiz ko'tarib ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka Liviya vakili, dast ko'tarishda 112 kg, siltab ko'tarishda 145 kg, umumiy 257 kg tosh ko'targan SHabi Ahsan yakun yasadi. Ushbu vazndagi terma jamoamiz azosi Nurdiyor Abduhalilov esa 111+144=255 kg bilan to'rtinchi o'rin bilan kifoyalandi.

Navbatdagi bahslar ayollar o'rtasida 64 kg va 71 kg vazn toifalarida bo'lib o'tdi. -64 kg vaznda 1-o'rin Turkiya vakilasi (91+118=209 kg) bilan Altun Berfinga nasib etdi. Dast ko'tarishda 95 kg, siltab ko'tarishda 113, ikki kurashda 208 kg bilan ruminiyalik Olaru Ralusa Andrea kumush medalni egalladi. Hamyurtimiz Fotima Habibullaeva dast ko'tarishda 74 kg, siltab ko'tarishda 90 kg, umumiy 164 kg og'irlik bilan "til topishib" bronza medallari bilan taqdirlandi.

71 kg vaznda terma jamoamizning asosiy medallarini jahon rekordchisi Kumushxon Fayzullaeva taqdim etdi. U dast ko'tarishda 99 kg, siltab ko'tarishda 124 kg, ikki kurash so'ngida 223 kg og'irlikni qiyinchiliksiz ko'tarib, terma jamoamiz hisobiga 3 ta oltin medalni yozib qo'ydi.


Kumush medallarni esa, yana bir vakilamiz, iqtidorli Nigora Suvonova (89+110=119 kg) egallagan bo'lsa, bronza medallarga 78+98=176 kg tosh ko'targan Ukraina jamoasi azosi Krychuk Alina munosib deb topildi.

Biz musobaqadan so'ng Jahon chempionatida g'olib bo'lgan o'zbekistonlik ilk ayol og'ir atletikachi sifatida tarixga o'z nomini yozishga ulgurgan Kumushxonning fikrlari bilan qiziqdik:

"O'z yurtimda yana bir bor g'olib bo'lganimdan xursandman. Biz murabbiylarimiz bilan birga yil boshidan buyon ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rdik va amalda mashg'ulotlarimiz o'zini oqladi. Bugungi kunda sportchilar mashg'ulotlarni alo darajada olib borishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Buning uchun birinchi navbatda Prezidentimizga minnatdorchilik bildiraman. Keyingi chempionatlarda ham Tokio uchun qimmatli reyting ochkolarni yig'ish va licenziya qo'lga kiritish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Xudo xohlasa, Olimpiada licenziyasini egallab, Yaponiyada ham Vatanimiz bayrog'ini yuqori ko'tarish maqsad qilib qo'yganman. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barcha insonlarga alohida rahmat aytaman",- dedi chempionimiz Kumushxon Fayzullaeva.

Sarvinoz Raxmonqulova tayyorladi

Foto: Milliy olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing