So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

09 mar 23:20
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Las Vegas jahon chempionatini qabul qilmoqda

8-15 mart kunlari Las-Vegas (Nevada shtati) o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati mezboniga aylanishi haqida avval xabar bergan edik.

AQSHda 2002 yili va undan keyin tug'ilgan atletlar o'zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko'rsatish uchun supachaga chiqishmoqda. 8 mart kuni kechqurun dunyoga mashhur «Westgate Las Vegas Resort & Casino»da musobaqaning tantanali ochilish marosimi o'tkazildi. Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Tamash Ayan to'planganlarga murojaat qilarkan atletlarning natajalari muttasil yaxshilanib, raqobat kuchayib borayotganini takidladi va ishtirokchilarga omad yor bo'lishini tiladi.

O'smirlar va qizlar o'ntadan vazn toifasida mukofotlar uchun bahslashishlari ko'zda tutilgan. 44 milliy federaciyadan chempionatda ishtirok etish istagi bildirilgan arizalar kelib tushgan bo'lib, 183 sportchi startga hozirlik ko'rmoqda.

Mezbon jamoa sharafini 20 sportchi himoya qiladigan bo'ldi. Turkiya (16 atlet), Xitoy Taypeyi (14), Meksika (13) va Peru (10) termalari ham ko'pchilik bilan qatnashishi kutilmoqda.

12 mamlakatdan Las-Vegasdagi supachaga bor-yo'g'i bittadan atlet ko'tarilsa, yana 10 terma jamoa tarkibiga faqat ikkitadan atlet kiritilgan. Mashhur Paradays ko'chasidagi chempionatga turli sabablarga ko'ra Rossiya, Ukraina, Xitoy, Koreya, qo'shnilarimiz Tojikiston va Qirg'iziston kabi mamlakatlardan sportchilar tashrif buyurishmadi.

Qizlar o'rtasidagi musobaqalarga 30 mamlakat sharafini himoya qiluvchi 85 atlet hozirlik ko'rmoqda. Ular orasida o'tgan 2018 yili o'smirlar o'rtasida Osiyo, yoshlar o'rtasida jahon chempionatlari g'olibasi, Argentinadagi o'smirlar olimpiya o'yinlari oltin medali egasi Kumushxon Fayzullaeva ham bor.

34 mamlakatdan 98 yigit medallar taqdiriga oydinlik kiritishi kutilmoqda. Ulardan uch nafari o'zbek og'ir atletika maktabi tarbiyalanuvchilaridir.

- Deyarli barcha mamlakatlardan Las-Vegasdagi jahon chempionati medaliga davogarlik qila oladiganlar turnirda qatnashadi. SHunchaki sayyoh bo'lib borib kelishni bugun hech kim o'ziga ep ko'rmaydi. SHu sababdan ham bir qator sport delegaciyalari belgilangan limitdan to'liq foydalanishmadi. Bizning yigit va qizlarimiz chempionatga munosib tayyorgarlik ko'rib kelishdi. AQSHdagi jahon chempionati ular uchun kattalar sporti sari navbatdagi dadil qadam bo'ladi deb ishonamiz, – dediO'zbekiston og'ir atletika federaciyasiraisining birinchi o'rinbosari, xalqaro og'ir atletika federaciyasi ijroqo'mi azosi SHahrillo Mahmudov.

Yurtdoshlarimiz orasida birinchi bo'lib bahsga Og'abek Nafasov kirishadi. U supachaga chiqqanida diyorimizda 10 mart boshlangan bo'ladi.

Mirzahakim To'xtamirzaev,

Las-Vegas, AQSH


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing