12 okt 18:29
Yangiliklar
Og'ir atletika

Og'ir atletika. Norvegiyadagi JCHda yakuniy medallar reytingi qanday bo'ldi?
Norvegiyaning Forde shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati o'z yakuniga etdi.
Musobaqada O'zbekiston terma jamoasi 2 nafar sportchi - Akbar Jo'raev va Ruslan Nurudinov bilan ishtirok etdi.
Bahslar yakuniga ko'ra, Akbar Jo'raev dast ko'tarishda ham, siltab ko'tarishda ham va ikki kurash yakuniga ham oltin medal sohibiga aylandi. Ruslan Nurudinov esa dast ko'tarish hamda ikki kurashda bronzaga ega chiqdi.
Terma jamoamizning boshqa vakillari noyabr oyida o'tkaziladigan Islom birdamlik o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Musobaqaning yakuniy reytingi bilan tanishing (katta medallar)
Dast ko'tarish va siltab ko'tarish medallari qo'shib hisoblangan reyting:
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar