So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

10 mar 00:06
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Og'abek Nafasov birinchi bo'lib "jangga" kiradi

Teglar :  Og'ir atletika
8-15 mart kunlari Las-Vegasda o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati o'tishi haqida avval xabar bergan edik.

Biznikilardan birinchi bo'lib bugun, 9 mart kuni Og'abek Nafasov supachaga chiqadi. Mahalliy vaqt bilan soat 11:00da (O'zbekistonda yangi kun kirib kelgan pallada: Toshkent va Las-Vegas orasidagi farq -13 soat) 55 kilogrammgacha  vazn toifasidagi atletlar bahs boshlashadi.

Jami 13 sportchi o'z omadini sinab ko'radi. AQSH va Meksika termalari ikkitadan vakil bilan qatnashadi. Og'abekning raqiblari orasida mezbonlar va ularning eng yaqin qo'shnilaridan tashqari Turkiya, Turkmaniston va Italiya jamoasi azolarini sanab o'tish mumkin.

10 mart kuni 11:00 da qizlar -49 kgvazn toifasida musobaqaga kirishadi. Sovrindorlar safida Nigora Abdullaeva ham bo'ladi deb umid qilamiz.

11 mart kuni 12:00 da Asadbek Narimonov (-73 kg)medallar sari yurishni boshlaydi.

Rosa bir sutkadan so'ng chempionlikka asosiy davogarimiz Kumushxon Fayzullaevaning (-64 kg) navbati etadi.

12 mart kuni 17:00 da Nigora Suvonovaning (-71 kg) xalqaro sport arenasidagi debyutiga guvoh bo'lamiz.

13 mart soat 14:00 dan Tursunoy Jabborovaning (-81 kg) har bir urinishi g'alaba sari etaklashini kutamiz.

O'sha kuni kechqurun Mirhosil Mirzaboev (-96 kg) supachaga ko'tarilib, nimalarga qodir ekanligini namoyish etadi.

8 mart kuni deyarli barcha sportchilarimiz SHahrillo Mahmudov, Jo'ra Zoirov va Akobir Usmonov rahbarligida astoydil shug'ullanishdi. Faqat Og'abek Nafasov alohida reja asosida ertangi musobaqaga tayyorgarlik ko'rdi.

Vatandoshlarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlashadi degan umiddamiz va ularga omad yor bo'lishini tilaymiz!

Mirzahakim To'xtamirzaev,

Las-Vegas, AQSH

Reyting:    

Fikrlar

   
10 mar 05:07:18
Shaxzod Abdumalikov
Sport bitta reklamani aylantiruvirib xit qivordi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing