18 apr 15:14
Yangiliklar
Og'ir atletika. Og'abek Nafasov jamoamizga Osiyo chempionatining ilk medalini taqdim etdi
Musobaqaning ikkinchi kuni kunduzgi dasturda supachaga -55 kg vazn toifasida o'zbekistonlik Og'abek Nafasov ham medallar uchun kurash olib bordi.
Dast ko'tarish mashqida atletimiz avvaliga 104, keyin 108 kg toshni o'ziga bo'ysundirib, uchinchi urinishda (111 kg) biroz omadi chopmadi. Ammo shunda ham sportchimiz ikkinchi o'rinni egalladi.
Uchala imkoniyatidan unumli foydalangan qozog'istonlik CHontay Arli (115) birinchi bo'lgan bo'lsa, uchlikni uning hamyurti Ablay Auleyxanov (108 kg) yakunlab berdi.
Osiyo CHempionati
Erkaklar, -55 kg (dast ko'tarish)
Oltin: CHontay Arli - 115 kg; (Qozog'iston)
Kumush: Og'abek Nafasov - 108 kg; (O'zbekiston)
Bronza: Ablay Auleyxanov (Qozog'iston)
Siltab ko'tarish mashqida ham uchinchi urinishi qovushmagan hamyurtimiz 132 kg natija bilan kifoyalandi. CHontay Arli yana tengsiz (140), ikkinchi o'rin uchun kurashda Ablay Auleyxanovga 136 kg natija etarli bo'ladigandek edi, lekin SHri-Lanka vakili Dilanka Isuru Kumara oxirgi urinishda 137 kgni ko'tarib, kumush medalni ilib ketdi.
Fikrlar