03 apr 18:41
Yangiliklar
Og'ir atletika. Osiyo chempionatida ishtirok etuvchi sportchilarimiz ro'yxati malum qilindi
Qitamizning eng kuchli atletlarini jamlaydigan mazkur Osiyo chempionatida yurtdoshlarimiz ham ishtirok etishadi.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov boshchiligidagi delegaciyamiz ayni paytda mazkur turnirga qizg'in hozirlik ko'rmoqda. Musobaqada ishtirok etuvchi tarkibimiz bilan tanishing:
Erkaklar:
-73 kg: Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov
-96 kg: Farhod Sobirov
-102 kg: Sunnatilla O'sarov
-109 kg: Akbar Jo'raev
+109 kg: Rustam Jangabaev
Ayollar:
-55 kg: Muattar Nabieva
-87 kg: Dolera Davronova
Takidlash joiz, qita va jahon chempionatlari Tokio Olimpiadasi uchun eng ko'p reyting ochkolarini taqdim etadi. SHunday ekan, bo'lajak musobaqaning har bir vazn toifalarida bir-biridan murosasiz bellashuvlarning guvohi bo'lishimiz, shubhasiz.
Terma jamoamiz vakillari doimo xalqaro musobaqalarda yuqori natija qayd etib kelishgan. Umid qilamizki, bu galgi qita birinchiligida ham atletlarimiz katta marralarni zabt etgan holda yurtimizga qaytib kelishadi.
Bellashuvlar 20 aprel kuni start oladi.
Fikrlar