So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

08 apr 08:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi davom etmoqda

Teglar :  Og'ir atletika
Xabaringiz bor, 20-30 aprel kunlari Urganch shahrida o'smirlar va yoshlar o'rtasida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Ushbu qita chempionati Buenos-Ayresda bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga yo'llanma berishi bilan ham ahamiyatlidir. 

Musobaqada ishtirok etadigan o'zbekistonlik sportchilar 3 aprel kuni o'quv-mashg'ulot yig'inlarini boshlab yuborganlar. O'g'il bolalar terma jamoamiz Toshkent viloyatidagi CHorbog' bazasida mashg'ulot olib borayotgan bo'lsalar, qizlarimiz chempionat o'tkaziladigan Urganch shahrida yig'inga kirishganlar. 

Osiyo chempionatiga 350 nafardan ortiq sportchi tashrif buyurishi kutilmoqda. Murabbiy, rasmiy shaxslar bilan qo'shib hisoblaganda mamlakatimizga keladigan mehmonlar soni 450 nafardan oshib ketadi. 

Qita chempionatiga tayyorgarlik jarayonini kuzatish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakram Isroilov ayni paytda Xorazmda bo'lib turibdi. Vazir Osiyo chempionati ishtirokchilarini qabul qiladigan mehmonxonalar, musobaqa bo'lib o'tadigan sport majmuasi, chempionat ishtirokchilari va mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. 

Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz tarkibi bilan keyinroq tanishtirib o'tamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing