So’nggi yangiliklar

11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0 19:53Бобуржон Тагиев Mangu 5 турнирида жанг қилади. Рақиб маълум + ПОСТЕР 0 19:19UFC Fight Night 286 турнирининг барча натижалари: Ўнта финишли жанг, Нурмагомедовда нокаут 0

20 mar 13:45
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. O'z uyingda devorlar ham suyaydi yoxud Xivada o'tgan musobaqada mezbonlar tengsiz!

Teglar :  Og'ir atletika
Qadimiy va navqiron Xiva shahri mezbonlik qilgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati o'z yakuniga etdi.

Xiva shahridagi Milliy va Olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 4 kun davom etgan musobaqada jami 193 nafar o'smir va qizlar g'oliblik uchun supachaga chiqishdi. SHundan 116 nafarini o'smirlar, 77 nafarini esa qizlar tashkil qildi. Ishtirokchilar ham o'smirlar, ham qizlar o'rtasida 10 tadan vazn toifasida musobaqalashdi.

CHempionatda mezbonlar to'liq tarkib bilan qatnashdi (10 nafardan o'smir va qiz). Namangan va Buxoro viloyatlarining esa qizlari to'liq tarkibi bilan ishtirok etgan bo'lsa, o'smirlardan Qoraqalpog'iston Respublikasi va Samarqand viloyatidan 10 nafar sportchi supachaga ko'tarildi.

Medallar jamg'arishda kutilganidek mezbon Xorazm viloyati vakillari jami 11ta medal (4ta oltin, 4ta kumush, 3ta bronza) bilan 1-o'rinni egallashdi. 2-o'rinni umumiy 7ta medal (4-1-2) bilan Andijon viloyati sportchilari band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikni 5ta medal (3-2-0) bilan Buxoro viloyati sportchilari yakunlab berishdi.

Kecha esa Xivada kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati boshlab yuborildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing