15 noy 10:57
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. O'zbek sportchilari jahon chempionatida ishtirok etadi, tarkib malum
28 noyabrdan 6 dekabrga qadar AQSHning Kaliforniya shtati, Anaxaym shahrida kattalar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi mazkur nufuzli musobaqada 10 nafar sportchi (8 nafari erkaklar, 2 nafari ayollar) bilan ishtirok etadi. Terma jamoamiz azolari 26 noyabr kuni okean ortiga jo'nab ketishadi. Biz esa dunyoning eng sara atletlari ishtirokida bo'lib o'tadigan musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz bilan tanishtirib o'tamiz.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:
-62kg: Adham Ergashev
-69kg: Doston Yokubov
-77kg: SHahzod Xudoyberganov
-85kg: Ulug'bek Alimov
-94kg: Farxod Sobirov
-105kg: Akbar Jo'raev
-105kg: Ivan Efremov
+105kg: Rustam Djangabaev
-58kg: Muattar Nabieva
-75kg: Omadoy Otaqo'zieva
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar