16 mar 11:20
Yangiliklar
Og'ir atletika. O'zbekiston qizlari dunyoda etakchi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi turnir yakunlarini sarhisob qilib chiqmoqda.
Qizlar o'rtasida bahslarda o'zbekistonliklar eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lishgani qayd etildi. Terma jamoamizdan to'rt atlet supachaga ko'tarildi. Nigora Abdullaeva hamda Kumushxon Fayzullaeva uchtadan oltin medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, Tursunoy Jabborova bitta oltin va ikkita kumush medal bilan mukofotlandi.
Jami 7ta oltin va 2ta kumush medalga sazovor bo'lgan o'zbek qizlari umumjamoa hisobida eng yuksak samaradorlikka erishgani tahsinga loyiq. Kuchli uchlikdan Turkiya (7 oltin va 4 bronza) hamda Meksika (3 oltin, 5 kumush va 3 bronza) joy olishdi.
Las-Vegasdagi chempionatda qizlar turniridagi mukofotlar 17 mamlakat vakilalariga nasib etdi. 9 mamlakat qizlari oltin medal egasiga aylandi.
AQSHdagi jahon chempionatida eng yaxshi ishtirokchi qizga atalgan sovrin o'zbekistonpik Kumushxon Fayzullaevaga topshirilgani nur ustiga alo nur bo'ldi.
Mirzahakim To'xtamirzaev,
Las-Vegas, AQSH
Fikrlar