So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

29 avg 18:50
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turnirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Teglar :  Og'ir atletika
Xabar berganimizdek, shu kunlarda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan og'ir atletika bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri o'tkazilmoqda.

Unda dunyoning 32 mamlakatidan 150 nafarga yaqin mahoratli atletlar o'z omadini sinab ko'rish istagini bildirishdi.

Og'ir atletika O'zbekistonda keng ommalashayotgan  sport turlaridan biri sanaladi. Ayni paytda mamlakatimizda og'ir atletika bilan 8 500 nafar yurtdoshimiz muntazam shug'ullanib kelmoqda.

Trenerlarning umumiy soni 264 nafar bo'lib, og'ir atletika sportiga ixtisoslashgan inshootlar soni 120 tani tashkil etadi.

SHuni alohida takidlash joiz, o'zbekistonlik sport ustalari og'ir atletika bo'yicha muntazam qita va jahon chempionatlari, Osiyo va Olimpiya o'yinlarida munosib ishtirok etib kelishmoqda.

Olimpiya o'yinlari g'olibi Ruslan Nuriddinov, kattalar va o'smirlar o'rtasida jahon chempionlari Akbar Jo'raev, Nigora Abdullaeva, ko'plab nufuzli musobaqalar sovrindori Adhamjon Ergashev, III o'smirlar yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori Dolera Davronova, Osiyo va jahon chempionatlari sovrindori Farhod Sobirov kabi sportchilarimizni bugun butun dunyoda yaxshi tanishadi.

Quvonarlisi, O'zbekiston terma jamoasi umidli yoshlar bilan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o'yinlariga to'rtta yo'llanmani qo'lga kiritishga juda yaqin turibdi. Bu esa yurtimizda og'ir atletika sporti yaxshi rivojlangani hamda o'z ananalariga ega ekanligidan darak beradi.

Bugun CHirchiq shahrida joylashgan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida mazkur turnirning ochilish marosimi o'tkazildi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Ermatov, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, sportchilar, trenerlar hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Ravshan Sayfiddinovich bugungi murakkab sharoitda yurtimizda og'ir atletika bo'yicha “O'zbekiston Respublikasi mustaqilligi kubogi” onlayn xalqaro turniri o'tkazilayotgani, unda Olimpiada va jahon chempionlari Zulfiya CHinshanlo (Qozog'iston), Luis Moskera (Kolumbiya), Li Venven (Xitoy) kabi nomdor sportchilar ham o'z omadini sinab ko'rayotgani, bu esa musobaqaga bo'lgan qiziqish yuqori ekanligidan darak berishini takidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

SHundan so'ng bugungi bellashuvlar davom ettirildi. Erkaklar o'rtasida -67 kg vazn toifasida o'tkazilgan musobaqada Vatanimiz sharafini Adhamjon Ergashev himoya qildi. U dast ko'tarishda 147 kg, siltab ko'tarishda esa 183 kg natija ko'rsatib, onlayn Xalqaro turnir g'olibligini qo'lga kiritdi.

Musobaqa ertaga yakunlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing