So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

07 dek 13:50
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika, O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatini umujamoa hisobida kuchli uchlikda yakunladi

Teglar :  Og'ir atletika
Bir hafta davomida AQSHning Anaxaym shahrida o'tkazilgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati yakunlandi.

Musobaqaning so'nggi kunida eng og'ir vazndagi polvonlar jahon chempionligi uchun o'zaro kurash olib borishdi. 105 kilogrammdan yuqori vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Rustam Djangabaev dast ko'tarishda 200 kg., siltab ko'tarishda 247 kg., ikkikurashda 447 kg. og'irlikda tosh ko'tarib to'rtinchi o'rinni egalladi. 

Ushbu vazn toifasida jahon chempionligi gruziyalik Lasha Talaxadzega nasib etdi. U ikkikurashda 477 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundira oldi. Kumush va bronza medallariga esa eronlik ikki sportchi Said Alixusayni (454 kg.) va Bexdad Salimikordasiabi (453 kg.) sazovor bo'lishdi.
O'zbekistonlik atletlar jahon chempionatida jami 5 ta medalga ega chiqishdi. Doston Yoqubov oltin medalni qulga kiritib, jahon chempionligini tantana qilgan bo'lsa, yoshlar o'rtasida jahonning ikki karra chempioni Farxodbek Sobirov ilk marotaba kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medalini qo'lga kiritdi.
Ivan Efremov terma jamoamiz hisobiga bir yo'la ikkita sovrin – kumush va bronza medallarini qo'shib qo'ydi. SHuningdek, Adhamjon Ergashev ham bronza medali egasiga aylandi. Natijada O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 54 ta mamlakat vakillari orasida Eron va Koreya Respublikasi terma jamoalaridan so'ng faxrli uchinchi o'rinni egalladi.
Etiborlisi, terma jamoamiz kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida o'z tarixida birinchi marta umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kira oldi. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi terma jamoamizning kattalar o'rtasidagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi jamoasini, milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabi va sportchilarimizni, shuningdek, yurtimiz sport muxlislarini muborakbod etadi.

Atletlarimizga oldinda turgan muhim musobaqalar III o'smirlar Olimpiadasi, XVIII Osiyo o'yinlari hamda Tokioda bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya o'yinlarida ham yorqin g'alabalar va muvaffaqiyatli ishtirok tilaydi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing