So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

03 noy 11:11
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogini umujamoa hisobida birinchi o'rinda yakunladi

Teglar :  Og'ir atletika
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari yakunlandi.

Musobaqada qitamizning 16 ta mamlakatidan 110 nafar sportchi ishtirok etdi. Uning so'nggi kunida eng og'ir vazndavgi polvonlar o'zaro kurash olib borishdi. 

105 kg. vazn toifasida terma jamoamizning bir yo'la ikki azosi ishtirok etdi. Akbar Jo'raev dast ko'tarishda 173 kg, siltab ko'tarishda 201 kg, ikkikurashga ko'ra 374 kg. natijasi bilan birinchi o'rinni egalladi va oltin medalga sazovor bo'ldi. Toshkent viloyatilik ushbu yosh sportchiga mutaxassislar o'zbek og'ir atletikasining kelajagi sifatida tarif berishayotgandi. Akbar Koreyadagi ajoyib muvaffaqiyati bilan bunday tarif unga bejizga berilmaganini amalda isbotlay oldi. 

Musobaqada hamyurtimizga asosiy raqobatni Koreya va yaponiyalik atletlar yuzaga keltirishdi. Natijada mezbon sportchi Je Min Xo 366 kg. natija bilan kumush medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, kunchiqar yurt vakili Tada Yoshixiro summada 355 kg. og'irlikdagi tosh ko'tarib kuchli uchlikka yakun yasab berdi. 

Musobaqa yakunlariga ko'ra erkaklar o'rtasida tashkil etilgan bahslarda O'zbekiston terma jamoasi 16 ta davlat vakillari orasida umujamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rindan eronlik sportchilar joy olgan bo'lsalar, musobaqa mezbonlari – koreyalik atletlarga uchinchi o'rin nasib etdi. 

Qizlar o'rtasida o'tkazilgan bellashuvlar yakuniga ko'ra terma jamoamiz Koreya termasidan so'ng faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. Uchinchi o'rinda esa Mongoliya terma jamoasi qayd etildi. Quvonarlisi, 58 kg. vazn toifasida oltin medalini qo'lga kiritgan Muattar Nabieva ayollar o'rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb tan olindi. 

Demak, og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi yana bir xalqaro musobaqani muvaffaqiyatli yakunladi. 5 kun davomida sportchilarimiz tomonidan Koreyaning Yanggu shahrida jami 18 ta oltin, 12 ta kumush hamda 12 ta bronza medallari qo'lga kiritildi. 

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi mamlakat og'ir atletika federaciyasi, terma jamoamiz murabbiylar shtabi va albatta sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etadi va kelgusi musobaqalarda ham omad va zafarlar tilaydi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing