So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

17 okt 12:35
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika: O'zbekiston terma jamoasi Xitoy va Eronni ortda qoldirib, qitada birinchi bo'ldi

Teglar :  Og'ir atletika
Bahraynda og'ir atletika bo'yicha poyoniga etgan jahon chempionatida mamlakatimiz sportchilari 29 ta mamlakat terma jamoalari orasida umum jamoada 1-o'rinni egalladi.

Etiborlisi, chempionatning deyarli har bir kunida hamyurtlarimiz sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritib, O'zbekiston sport sharafini ulug'ladi.

CHempionatning dastlabki kunida 67 kg vazn toifasida Adhamjon Ergashev 3 ta oltin medalni, keyingi kunlarda 73 kg vazn toifasida Doston Yoqubov dast ko'tarishda bronza, siltab ko'tarish va ikki kurash natijasiga ko'ra, oltin, 81 kilo og'irlikdagi bahslarda Muhammadqodir Toshtemirovda 2 ta kumush va 1 ta bronza medaliga, yosh sportchimiz Og'abek To'xtaev bronza medaliga, 87 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda kumush, ikki kurashda bronza medaliga ega chiqishdi.


Musobaqaning 102 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan SHarofiddin Amriddinov 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga musharraf bo'lishi g'alabalarimiz bardavom ekanligini ko'rsatdi.

SHu o'rinda aytish lozim, Amriddinov dast ko'tarish mashqida 172 kg bilan Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni qatarlik Elbah Faresni ortda qoldirib, oltin medal sohibiga aylanishi yurtimizda ushbu vaznda yana bir iqtidor sohibi kamolga etayotganligini anglatmoqda.

So'nggi sarhisobga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza medali bilan 1-o'rinni, 4 ta oltin, 5 ta kumush, 7 ta bronza medal olgan Eron vakillari 2-o'rinni, 4 ta oltin, 3 ta kumush medal sohibi bo'lgan Xitoy terma jamoasi kuchli uchlikni yakunlagan bo'lsa, Qozog'iston, Bahrayn jamoalari ulardan keyingi pog'onalardan joy olishdi.

Yana bir o'ziga xos jihati O'zbekiston terma jamoasi Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati g'oliblari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raevning ishtirokisiz shunday natijaga erishish bilan qita chempionatida ilk bor medallar soni jihatdan doimiy peshqadamlar Xitoy hamda Eron terma jamoalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.

Joriy yilning 5-16 dekabr kunlari Kolumbiyada o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tagan mazkur chempionat davomida undan ishtirok etgan 29 ta davlat terma jamoalaridan atigi 13 tasi sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritdi. 16 ta terma jamoalar esa o'z yurtlariga medalsiz qaytishdi.

Qita chempionatida zafar quchgan og'ir atletikachilarimiz bugun Toshkentga qaytib kelishadi.

To'lqin RO'ZIEV.



Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing