So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

16 iyu 16:37
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. O'zbekistonda Parij Olimpiadasi uchun licenzion musobaqa o'tkaziladi

2024 yili Parijda o'tadigan yozgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar taqdim etadigan qita chempionati O'zbekistonda o'tkaziladi.

Bu haqda bugun poytaxtimizda yakunlangan Osiyo og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida elon qilindi. 

Bugun 16 iyul kunning birinchi yarmida Sportni rivojlantirish vazirligida Osiyo og'ir atletika federaciyasining navbatdagi Ijroiya qo'mitasi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda Osiyo og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mita azosi bo'lgan 11 nafar delegat to'g'ridan-to'g'ri, 9 nafar esa onlayn tarzda qatnashdi.


Kun tartibiga ko'ra, Osiyo og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Yusuf Al Mana qitada olimpiya sport turi bo'lgan og'ir atletikani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, o'tkazilayotgan chempionatlar xususida so'z yuritib, O'zbekistonda boshlanayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida nafaqat kuchli sportchilar, balki mutaxassislar, turli komissiya xodimlari uchun ham katta tajriba maydoni bo'lishini bildirdi. Toshkent tajribasini boshqa mamlakatlarda ham ommalashtirish, andoza olish, o'rganish lozimligini takidladi.


Yig'ilish davomida joriy yil 6-16 oktyabr kunlari Baxrayn davlatida kattalar o'rtasida o'tadigan qita chempionatiga tayyorgarlikning borishi tahlil qilindi. Bu xususda Baxrayn og'ir atletika federaciyasi prezidenti o'z hisobotini taqdim etdi.

SHuningdek, kun tartibidan joy olgan keyingi yillardagi qita chempionatlari manzilini aniqlash ijroiya qo'mita azolari diqqat etiborida bo'ldi.

Bildirilgan fikr va takliflarga binoan hamda o'tkazilgan taqdimotlar asosida Ijroiya qo'mita azolarining ovoz berishi natijasida 2023 yilgi o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi qita chempionatini o'tkazish huquqini Hindiston poytaxti Dehli, kattalar o'rtasidagi qita chempionatini qabul qilishni esa Janubiy Koreyaning CHinju shahri qo'lga kiritdi. 

Barchaning etiborini tortgan masalalardan biri - Parij-2024 olimpiya o'yinlari uchun yo'llanmalar taqdim etadigan 2024 yilgi Osiyo chempionati bo'ldi. Mazkur nufuzli musobaqani o'tkazishga Hindiston, Turkmaniston hamda O'zbekiston davogarlik qildi.


Osiyo og'ir atletika federaciyasi Ijroiya qo'mitasi azolarining ovoz berishi natijasida O'zbekiston yana ikki yildan so'ng Olimpiya yo'llanmalari o'ynaladigan qita chempionatini qabul qiladigan mamlakat sifatida tanlandi.

-Og'ir atletika sportining xalqaro maydondagi rivojida mamlakatimizning o'z o'rni bor, albatta. 2024 yilgi Olimpiya o'yinlariga yo'llanmalar beradigan qita chempionatining O'zbekistonda o'tkazilishi bu, sportchilarimiz uchun Parij-2024 chiptasini qo'lga kiritishlari uchun katta imkoniyat. Qolaversa, bu chempionatning O'zbekistonda o'tishi ommaviy sport targ'ibotida,  yurtimizning xalqaro sport maydonidagi obro'-etiboriga ijobiy tasir ko'rsatishi bilan ahamiyatlidir, - dedi Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov. 

Fikr-mulohazalarga boy o'tgan Ijroiya qo'mita yig'ilishida O'zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov hamda Xalqaro og'ir atletika federaciyasi prezidenti Muhammad Jolud faxriy mehmon sifatida ishtirok etib, ishtirokchilarni muborakbod etdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida poytaxtimizdagi “O'zbekiston” mehmonxonasida Osiyo og'ir atletika federaciyasining kengaytirilgan kongressi bo'lib o'tadi.

T. Ro'ziev

YO. Meliboev suratlari.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing