21 may 19:39
Yangiliklar
Og'ir atletika. O'zbekistondagi jahon chempionatida qaysi mamlakat vakillari ishtirok etadi?
Jazoir, Armaniston, Avstriya, Ozarbayjon, Bangladesh, Botsvana, Bolgariya, Belgiya, Kanada, CHili, Kolumbiya, Xorvatiya, Kuba, Ekvador, Ispaniya, Estoniya, Finlandiya, Franciya, Gruziya, Germaniya, Vengriya, Indoneziya, Xindiston, Marokash, Mongoliya, Moldova, Panama, Peru, Falastin, Polsha, Ruminiya, Rossiya, Niderlandiya, Slovakiya, Suriya, Turkmaniston, Tunis, Turkiya, BAA, Ukraina, Belarus, Saudiya Arabistoni, Greciya hamda O'zbekiston terma jamoalari vakillari g'oliblik uchun kurashishadi.
Qayd etish lozim, ushbu musobaqada atletlar Tokio Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini jamg'arib olish imkoniyatiga egalar. Bu esa musobaqa nufuzi hamda g'oliblik uchun kurashning keskinligini oshiradi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining uch nafar atleti Muattar Nabieva, Adhamjon Ergashev va Akbar Jo'raev Tokio-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. SHuningdek, termamiz yana bir yo'llanmani qo'lga kiritishi mumkin.
Fikrlar