13 dek 17:11
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Rigina Adashboeva ham Doxa Gran-prisini kuchli o'nlikda yakunladi
Qatar poytaxti Doxada og'ir atletika bo'yicha Gran-pri musobaqasi o'zining yakuniy pallasiga kirdi.
Kecha musobaqa doirasida ayollar o'rtasida -81 kg vazn toifasidagi bellashuvlar o'tkazildi.
Unda O'zbekiston terma jamoasi sharafini Rigina Adashboeva himoya qildi. Sportchimiz dast ko'tarish yo'nalishida 106 kg natija bilan ettinchi o'rinni, siltab ko'tarishda esa 125 kg natija bilan o'n ikkinchi o'rinni, ikki kurash yakuniga ko'ra esa 231 kg natija bilan to'qqizinchi o'rinni egalladi.
Avvalroq, terma jamoamiz azosi Muhammadqodir Toshtemirov ham musobaqada to'qqizinchi natijani qayd etgan edi. Malumot o'rnida, ertaga turnirdagi so'nggi sportchimiz Rustam Jangabaev supachaga ko'tariladi. Hamyurtimiz ishtirokidagi bahs Toshkent vaqti bilan 12:30 da start oladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar