17 sen 21:14
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Rustam Jangabaev jarohat tufayli jahon chempionatini o'tkazib yubordi
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining so'nggi kunidan o'rin olgan bellashuvlar o'tkazilmoqda.
Jumladan, bugungi kuni doirasida erkaklar +109 kg vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishi haqida xabar bergan edik.
Mazkur vaznda O'zbekiston termasi sharafini Rustam Jangabaev himoya qilishi kerak edi. Malum bo'lishicha, Jangabaev elkasida jarohati borligiga qaramay, jahon chempionati uchun ro'yxatdan o'tgan. Ammo bugun u aynan o'sha jarohati tufayli supaga chiqa olmadi.
SHunday bo'lsa-da, Rustam Jangabaev Xalqaro og'ir atletika federaciyasi talabini bajargan, deb topilib, Parij-2024 Olimpiadasi o'yinlari licenziyasi uchun o'z imkoniyatini saqlab qoldi.
Havola :
Manba : t.me/uzbek_weightlifting
Fikrlar