So’nggi yangiliklar

12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0

02 apr 15:18
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Rustam Jangabaev O'zbekiston chempionatida ham tengsiz bo'ldi

Teglar :  Og'ir atletika
CHirchiq shahridagi O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati yakunlandi.

Musobaqaning so'ngi kun dasturida erkaklar o'rtasida og'ir vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi. Kutilganidek, ko'plab nufuzli musobaqalar g'olibi va sovrindori bo'lgan Akbar Jo'raev, Rustam Jangabaev kabi polvonlarimiz o'z vaznlarida tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. G'olib bo'lgan sportchilarimiz va ularning qayd etgan natijalari bilan tanishing:

-81 kg:
1. Sarvarbek Zafarjonov (Toshkent viloyati) – 340 kg (151 kg +189 kg)
-89 kg:
1. Zaynobiddin Muhammadaminov (Namangan) – 338 kg (156 kg + 182 kg)
-96 kg:
1. Sunnat O'sarov (Toshkent viloyati) – 367 kg (170 kg + 197 kg)
-102 kg:
1. Umar SHohnazarov (Surxondaryo viloyati) – 326 kg (146 kg + 180 kg)
-109 kg:
1. Akbar Jo'raev (Toshkent viloyati) – 398 kg (181 kg + 217 kg)
+109 kg:
1. Rustam Jangabaev (Qoraqalpog'iston) – 440 kg (200 kg + 240 kg)

Musobaqa yakunida barcha vazn toifalarida sovrindor bo'lgan sportchilarga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi. SHuningdek, O'zbekiston chempioni unvoniga sazovor bo'lgan sportchilar terma jamoaning asosiy tarkibidan joy olishdi. Aynan ular yil davomida bo'lib o'tadigan Osiyo va jahon chempionati kabi yirik musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Og'ir atletikachilarimiz jahon arenalarida katta yutuqlarga erishib kelishgan. Buni so'nggi yillarda qayd etilayotgan natijalardan ham bilib olish mumkin. Har doim o'z musobaqalarini yuqori saviyada tashkil qilib keladigan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi bu yil yangi vazn toifalarida o'tgan bellashuvlarni ham avvalgilaridan-da yaxshi tashkillashtirildi. Umid qilamizki, bo'lajak musobaqalarda terma jamoamiz vakillari o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlab qaytishadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
02 apr 19:36:31
Nematullo Sodiqov
Farhod Sobirov degan atlet bo'lar edi, yoshlar ortasida Jaxon chempion, negadir korinme qoldi.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing