13 dek 19:09
Yangiliklar
Og'ir atletika. Sarvarbek Zafarjonov terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni qo'shib qo'ydi
Hozirgina -89 kg vazn toifasida erkaklar o'rtasidagi kurash yakuniga etdi, deb xabar beradi og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati.
Ushbu vaznda yurtimiz sharafini Sarvarbek Zafarjonov himoya qildi. Yosh sportchimiz o'zidan ancha katta atletlarga qarshi kurashda ishonchli harakat qildi.
Dast ko'tarish mashqida bor yo'g'i 1 kg Zafarjonovni shohsupadan chetda qoldirgan bo'lsa, siltab ko'tarish mashqida faqatgina rossiyalik Artyom Akulov 205 kg og'irlikni birinchi bo'ysundirgani uchungina hamyurtimizdan yuqoriroq o'rinni band etdi.
SHuningdek, ikki kurash natijasiga ko'ra oltin uchun kurashda Sarvarbek koreyalik YU Dong Ju bilan oxirigacha kurash olib bordi va bir xil natija qayd etdi. Ammo yana mehmon sportchi ushbu natijani birinchi qayd etgani sabab, atletimiz kumush bilan cheklandi.
Qayd etish lozim, yoshi eng kichik raqobatchisi hamyurtimizdan 4 yosh katta bo'lishiga, qaramay, Zafarjonov ikkita kumush medalni qo'l kiritdi.
Navbatdagi medallar bilan barcha yurtdoshlarimizni muborakbod etamiz.
Kattalar o'rtasida jahon chempionati
Erkaklar, -89 kg.
1. YU Dong Ju (Janubiy Koreya) - 371 (167+204) kg;
2. Sarvarbek Zafarjonov (O'zbekiston) - 371 kg (166+205);
3. Davitadze Revaz (Gruziya) - 370 (171+199) kg.
Fikrlar