So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

05 apr 14:42
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. SHahrillo Mahmudov qita miqyosidagi nufuzli tadbirlarda ishtirok etadi

Teglar :  Og'ir atletika
Osiyo sporti aprel oyida butunjahon nigohida turadi.

Ushbu oyda ko'plab sport turlari qatorida og'ir atletika bo'yicha ham qita chempionati bizni kutib turibdi. Musobaqa 20-29 aprel kunlari Xitoyning Ninbao shahrida o'tkaziladi. Tabiiyki, har turnirda bo'lgani kabi bahslar boshlangunga qadar xalqaro tashkilot yuzaga kelayotgan muammolar, murabbiylar va hakamlar malakasini oshirish kabi qator mavzularda seminarlar tashkil qiladi.

Mazkur Osiyo chempionatidan avval ham qator yo'nalishlarda istiqbolli loyihalar ishlab chiqilishi belgilab qo'yilgan. Biz uchun etiborlisi, unda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ham ishtirok etadi. Yurtdoshimiz, shuningdek, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti va ushbu xalqaro tashkilotning murabbiylar va ilmiy qo'mitasi raisi ham sanaladi.

Og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati rasman 20 apreldan boshlansa, ungacha 2 kun mobaynida ijroqo'm, hakamlar, murabbiylar, antidoping va tibbiy qo'mitalar yig'ilishi ham o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Og'ir atletika sportini yanada rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, bellashuvlarning shaffof va halol o'tishini taminlovchi mazkur tadbirlarning bosh tashkilotchilaridan biri yurtdoshimiz bo'ladi. Osiyo chempionatidan avval tashkil qilinadigan yig'ilish va konferenciyalar taqvimi quyidagicha:

18 aprel:
– Osiyo og'ir atletika federaciyasining barcha qo'mitalari (ilmiy, hakamlar va tibbiy qo'mitalar) yig'ilishi.
– Osiyo og'ir atletika federaciyasining ijroiya qo'mitasi yig'ilishi.
– Musobaqada ishtirok etuvchi barcha sportchilar mandati.
19 aprel:
– Osiyo og'ir atletika federaciyasining yillik Kongressi.
– Antidoping va murabbiylar uchun seminar.
– Musobaqa hakamlarining yig'ilishi.

Bahslar 20 aprel sanasidan boshlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing