So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

30 okt 12:12
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Sportchilarimiz Osiyo Kubogi va klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshladilar

Teglar :  Og'ir atletika
Janubiy Koreyaning Yanggu shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo Kubogi hamda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati bahslari start oldi.

2 noyabrga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz sharafini 8 nafar erkaklar va 8 nafar qizlar himoya qiladi. Musobaqada ishtirok etadigan barcha atletlarimizga omad va zafarlar tilagan holda terma jamoamining to'liq tarkibi bilan tanishtirib o'tamiz.

Erkaklar
1. Muhammadali Qaxramonov  -62 kg.
2. Sarvar Tashtemirov  -77 kg.
3. Sunnat O'sarov  -85 kg.
4. Fayzullo Nabiev  -85 kg.
5. SHodilbek Ergashev  -94 kg.
6. Otaxon Imomov  -94 kg.
7. Akbar Jo'raev  -105 kg.
8. Aleksandr Li  -105 kg.

Ayollar
1. Maxliyo Tog'oeva  -48 kg.
2. Muattar Nabieva  -58 kg.
3. SHaxlo Abdullaeva  -58 kg.
4. Kumush Fayzullaeva  -63 kg.
5. Tursunoy Jabborova  -69 kg.
6. Manzura Mamasalieva  -69 kg.
7. Omadoy Otaqo'zieva  -75 kg.
8. Dolera Davronova  -90 kg.


Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi oldidan O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHahrillo Mahmudov Janubiy Koreya og'ir atletika federaciyasi Prezidenti Von Sung-Liga milliy urf odatlarimizga ko'ra esdalik sovg'alarini topshirdi.

Osiyo Kubogi va klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida sportchilarimiz birinchi kunning o'zida to'qqizta medalga sazovor bo'lishdi. 56 kg. vazn toifasida musobaqalarda ishtirok etayotgan Muhammadali Qaxramonov dast ko'tarishda 111 kg, siltab ko'tarishda 145 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, umumiy 256 kg. natijasi bilan bir yo'la oltita kumush medallarini qo'lga kiritdi.  ( 3ta kumush Osiyo Kubogida, yana 3 ta kumush klublar o'rtasidagi qita chempionatida).

Xotin-qizlar o'rtasida 48 kg. vazn toifasida chiqish qilgan Maxliyo Tog'oeva dast ko'tarishda birinchi urinishda 65 kg, ikkinchisida 68 kg. og'irlikni ko'tara oldi. Uchinchi urinishda esa 71 kg. toshga buyurtma berilgandi, afsuski bu urinish muvaffaqiyatli chiqmadi. Maxliyo siltab ko'tarishda ham uchta imkoniyatning ikkitasidan unumli foydalandi. Natijada 84 va 87 kg. og'irlikni o'ziga bo'ysindirgan hamyurtimiz 93 kg. toshni ko'tara olmadi.

Ikkikurashda umumiy 155 kg. natija (68+87) Maxliyo Tog'oevaga bronza medaliga ega chiqishi uchun etarli bo'ldi va u terma jamoamiz hisobiga uchta bronza medalini qo'shib qo'ydi. Terma jamoamiz azolarini muvaffaqiyatli start bilan muborakbod etamiz va ulardan navbatidagi g'alabalar va rekordlarni kutib qolamiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing