So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

08 apr 12:37
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Sportchimiz o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritdi

Teglar :  Og'ir atletika
Tailand poytaxti Bangkok shahrida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Musobaqada 57 ta davlatdan 445 nafar sportchilar g'oliblik uchun kuch sinashishmoqda. O'zbekiston terma jamoasi ham musobaqada to'liq tarkibda ishtirok etmoqda. 10 aprelga qadar davom etadigan musobaqada quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishyapti:

1. Saidmuxtor Saidaxrorov  (94 kg)

2. Azamat Ramazanov  (62 kg)

3. Asadbek Narimanov  (62 kg)

4. Muhammadqodir Toshtemirov  (69 kg)

5. Aleksandr Li  (94 kg)

6. Sarvar Toshtemirov  (69 kg)

7. Dilmurod Salimov  (77 kg)

8. Azimjon Xodjiev  (85 kg)

9. Dolera Davronova  (+75 kg)

10. Gulnoza Axmadova  (75 kg)

11. Zuxra Otajonova  (48 kg)

12. SHaxloxon Abdullaeva  (58 kg)

13. Tursunoy Jabborova  (69 kg)

14. Kumushxon Fayzullaeva  (58 kg)

15. SHodmonoy Ochilova  (75 kg)

16. Zarnigor Abduraxmonova  (63 kg)

Bu safargi jahon chempionatida delegaciyamizga ilk medalni qizlar o'rtasida 58 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Kumushxon Fayzullaeva taqdim etdi. U dast ko'tarishda 79, siltab ko'tarishda esa 106 kilogramm og'irlikni bo'ysidira oldi. Kumushxon siltab ko'tarishda kumush medalga loyiq ko'rilgan bo'lsa, yakunda umumiy 185 kilogramm natijasi bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.


Takidlash lozimki ushbu vazn toifasida 38 nafar sportchi qizlar ishtirok etgan bo'lishsa, medallar uchun asosiy kurash O'zbekiston, Turkiya, Ukraina, Ruminiya, Tailand va Belorus terma jamoalari o'rtasida kechdi. Yakunda turkiyalik Nuray Levent 191 kg. natija bilan oltin, ukrainalik Mariya Xanxur 186 kg. ko'rsatkich bilan kumush, o'zbekistonlik Kumushxon Fayzullaeva esa 185 kg. natijasi bilan bronza medalini qo'lga kiritishdi. 

Jahon chempionatida ishtirok etayotgan qolgan vakillarimiz o'smirlar o'rtasidagi Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi uchun kurash olib borishmoqda. Kecha o'smirlar o'rtasida A guruhida final bosqichining 69 kg. vazn toifasida qatnashgan hamyurtimiz Sarvar Toshtemirov afsuski raqiblariga imkoniyatni boy berib, sovrindorlar orasiga kira olmadi. 

Bangkokdagi jahon chempionatining biz uchun etiborga molik jihati shundaki, mazkur jahon chempionatida 2018 yilda Argentinada bo'lib o'tadigan III o'smirlar Olimpiya o'yinlariga licenziyalar o'ynaladi. Malumotlarga ko'ra, jahon chempionatida 1-7 o'rinni egallagan terma jamoalar 2+2 ko'rinishida licenziyalarga ega bo'lishadi. 

Yani umumjamoa hisobida kuchli ettitalikka kirgan davlatlar uchun 2 ta o'g'il bolalar va 2 ta qizlar uchun o'smirlar Olimpiya o'yinlari yo'llanmasi ajratiladi. 8-17 o'rinlarni band etgan terma jamoalarga esa 1+1 ko'rinishida yo'llanmalar taqsimlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing