So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

31 may 12:03
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Toshkent birinchi marta yoshlar o'rtasida jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

7-14 iyul kunlari Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Bugungi kungi holatga ko'ra, musobaqada hozircha jahonning 50 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etishi aniq bo'lib ulgurgan. Ushbu raqam musobaqa boshlangangunga qadar ko'tarilishi aniq.

SHuningdek, chempionat boshlanishi arafasida poytaxtimizdagi “International hotel” mehmonxonasida Xalqaro og'ir atletika federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi yig'ilishi va navbatdagi Kongressi bo'lib o'tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etishi kutilmoqda. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatiga esa «O'zbekiston» sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Terma jamoamiz murabbiylari musobaqada ishtirok etadigan sportchilarimiz ro'yxatini taqdim etishdi. Unga ko'ra, atletlarimiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadilar:

Yigitlar:

-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon SHamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G'ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiev
-105 kg: Akbar Jo'raev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: SHaxmerdan Kemalov.

Qizlar:

-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Esbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Rambergenova Bazargul
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: SHodmonoy Ochilova.

Terma jamoamiz azolari ayni paytda musobaqaga jiddiy tayyorgarlik olib bormoqdalar. Qizlar terma jamoamiz tayyorgarlikning so'nggi bosqichini 13 iyun – 4 iyul kunlari Qozog'istonda o'tkazadi. Erkaklar terma jamoasi esa 17 iyun – 8 iyul kunlari Rossiyada tashkil qiladigan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etadi.

Malumot uchun, 2013 yilgi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati ham Toshkentda o'tkazilgandi. Unda dunyoning 17 yoshgacha bo'lgan eng sara polvonlari g'oliblik uchun kurash olib borishgan. 20 yoshgacha bo'lgan atletlar o'rtasidagi jahon chempionatiga esa mamlakatimiz poytaxti birinchi marta mezbonlik qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing