So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

20 iyu 18:18
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika: Toshkentdagi jahon chempionati oldidan

Teglar :  Og'ir atletika
Yurtimizda yana bir yirik sport bayrami – og'ir atletika bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Musobaqa 7-14 iyul kunlariga belgilangan. Jahon chempionati oldidan “International hotel” mehmonxonasida Xalqaro og'ir atletika federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi yig'ilishi va navbatdagi Kongressi bo'lib o'tadi. Unda tashkilot prezidenti Tomash Ayyan ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Ushbu nufuzli musobaqada 67 davlatdan sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Tabiiyki, muxlislarimizni birinchi navbatda terma jamoamiz ishtirokiga oid malumotlar qiziqtiradi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ushbu musobaqada asosiy tarkib bilan qatnashadi.

Tarkibga etibor qaratadigan bo'lsak, tayyorgarlik jarayonlarida 10 nafar sportchimiz ishtirok etmoqda. Ular orasida kattalar o'rtasidagi jahon chempionati sovrindori Adham Ergashev, bir necha bor Osiyo chempionatlari g'olib va sovrindorlari Saidmuxtor Saidahrorov, Akbar Jo'raev, Muhammadali Qahramonovlar bor. Umuman, tarkibdagi deyarli barcha atletlarimizda xalqaro maydon tajribasi etarli. Qizlarimizning imkoniyatlari ham yomon emas. Zero, tarkibdan Kumush Fayzullaeva, Gulnoza Ahmadova, Dolera Davronova, Tursunoy Jabborova singari nufuzli xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindorlari o'rin olishgan. SHuni alohida qayd etib o'tish lozimki, Kumush va Gulnoza bungacha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati medallarini qo'lga kiritishgan. Navbatdagi maqsad esa yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida ham jahon ko'tarilishdir.


Malumot o'rnida, ushbu yosh toifasi, yani 20 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasidagi jahon chempionati o'tgan yili Yaponiya poytaxti Tokio shahrida tashkil etilgan. O'shanda Farxod Sobirov -94 kg vazn toifasida barcha chiqishlar bo'yicha eng yuqori natija ko'rsatib, uchta oltin medalga sazovor bo'lgandi. SHahzod Xudoyberganov esa 77 kilogrammgacha bo'lgan atletlar o'rtasida siltab ko'tarish va ikkikurashda ikkita kumush medalni qo'lga kiritgan. Umuman olganda, keyingi 5 yil davomida hamyurtlarimiz doimiy ravishda jahon chempionatlarida turli medallarga egalik qilib kelishmoqda. Demak, yigit-qizlarimiz oldida ana shu yoqimli ananani munosib davom ettirishdek masuliyatli vazifa turibdi.  


SHu o'rinda bir narsaga etibor qaratish zarur. 20 yoshgacha bo'lgan sportchilardan tuziladigan terma jamoamiz bu yil deyarli to'liq yangilandi. Yuqorida tilga olib o'tilgan polvonlarimiz – Adhamjon Ergashev, SHahzod Xudoyberganov, Farxodbek Sobirov, etakchi og'ir atletikachi qizlarimiz Muattar Nabieva, Omadoy Otaqo'zievalar endi kattalar terma jamoamizning ham to'laqonli azolari hisoblanishadi. Bungacha ular o'z vazn va yosh toifalari bo'yicha bir necha yil davomida nafaqat Osiyoda, balki jahonda ham etakchilar safida muqim turishdi. Ular barcha nufuzli musobaqalarda doimiy ravishda faqat eng yuqori maqsadlarni ko'zlab supachaga chiqishdi. Mamlakat og'ir atletika federaciyasi mutasaddilari va terma jamoa murabbiylari esa asosiy vazifa – nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarni qo'lga kiritish bilan parallel ravishda etakchi sportchilarimizga munosib o'rinbosarlar tayyorlashni ham esdan chiqarib qo'yishgani yo'q. Nima bo'lganda ham, barchasini yaqinlashib kelayotgan jahon chempionati ko'rsatib beradi. Binobarin, aynan ushbu musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiladigan yigit-qizlarimiz ikki-uch yildan so'ng kattalar terma jamoasiga o'tishadi va Vatanimiz sharafini jahon chempionatlari va Olimpiya o'yinlarida himoya qilishlari lozim bo'ladi. Qisqasi, bu yog'i o'zimizga bog'liq. Og'ir atletikachilarimiz o'zlariga bildirilgan ishonchni oqlab, murabbiylar ko'rsatmasini alo darajada bajarishlari kerak. Biz, esa ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlab turishimiz lozim.

Terma jamoamiz jahon chempionatida quyidagi tarkibda qatnashadi:

Yigitlar:

-62 kg: Muhammadali Kahramonov
-69 kg: Adhamjon Ergashev
-69 kg: Hakimjon SHamsiddinov
-77 kg: Muhammadqodir Toshtemirov
-77 kg: G'ayrat Aytmuratov
-85 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov
-94 kg: Azimjon Xojiev
-105 kg: Akbar Jo'raev,
-105 kg: Saidmuxtor Saidahrorov
+105 kg: SHaxmerdan Kemalov.

Qizlar:

-48 kg: Zuhra Otajonova
-58 kg: Sayyora Esbergenova
-63 kg: Kumushxon Fayzullaeva
-69 kg: Zarnigor Abduraxmonova
-69 kg: Layloxon Xursanova
-69 kg: Bazargul Rambergenova
-75 kg: Gulnoza Ahmadova
-75 kg: Tursunoy Jabborova
-90 kg: Dolera Davronova
-90 kg: SHodmonoy Ochilova.

Yigitlarimiz 17 iyun kuni Rossiyada o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishishgan. Qizlarimiz esa tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Qozog'istonda olib bormoqdalar. 13 iyun kuni boshlangan yig'in 4 iyungacha davom etishi ko'zda tutilgan.


"SPORT" gazetasidan olindi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing