So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

05 dek 14:02
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika: Toshkentdagi JCH oldidan tashkiliy qo'mita yig'ilishi o'tkazildi

7-18 dekabr kunlari og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati ilk marotaba Toshkent shahrida o'tkaziladi.

SHuningdek, 19-21-dekabr kunlari poytaxtimizda Xalqaro og'ir atletika federaciyasining navbatdagi Kongressi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

SHu munosabat bilan bugun “Yunusobod” sport majmuasida jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'ldi. Unga Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avazjon Karimov raislik qildi.

Takidlash lozim, mazkur jahon chempionatida dunyoning 90ta davlatidan jami 480 nafar sportchi (shundan 190 nafari ayollar) 20ta vazn toifasida 60ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.

Sayyoramizda pandemik vaziyat yana jiddiy tus olayotgan bo'lishiga qaramay, dunyo sport jamoatchiligi O'zbekistondagi vaziyatdan xotirjam va shu bois Toshkentdagi musobaqaga jahonning deyarli barcha etakchi davlatlari ishtirok etish istagini bildirishmoqda.

Yig'ilishda jahon chempionatini yuqori saviyada o'tkazish, mehmonlarni kutib olishdan tortib musobaqa jarayonlarigacha xalqaro talablar darajasida tashkil etish kerakligi takidlandi. Bu yo'lda barcha vazirlik va idoralar hamjihatlikda harakat qilishi lozim. 

Zotan, ushbu jahon chempionati kabi nufuzli musobaqalar O'zbekiston tomoni uchun Toshkent-2025 yoshlar o'rtasida Osiyo o'yinlari oldidan o'ziga xos imtihon vazifasini o'tab beradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing