16 sen 15:00
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Tursunoy Jabborova JCHdagi ishtirokiini yakunladi
Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahrida og'ir atletika bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Biroz avval ayollar o'rtasidagi +87kg vazn toifasida "B" guruh bahslari o'z nihoyasiga etdi.
Ushbu dasturda ishtirok etgan hamyurtimiz Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 110 kg, siltab ko'tarishda 141kg, ikki kurash yakunlariga ko'ra esa 251 kg natija qayd etdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Bugun soat 21:00dan boshlab erkaklar o'rtasida -109 kg vazn toifasida bahslar o'tkaziladi. Unda Olimpiada va jahon chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Jo'raev supachaga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar