25 iyu 16:32
Yangiliklar
Og'ir atletika: Tursunoy Jabborova Osiyo chempioni, Kamola Karimova 3ta medal qo'lga kiritdi
Bugun og'ir atletika bo'yicha Toshkentda o'tayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining 9-kungi bellashuvlari boshlandi.
Bugun 87, +87 kg vazn toifasida hamyurtlarimiz Tursunoy Jabborova va Kamola Karimova sovrindor bo'lishdi.
Tursunoy Jabborova barcha yo'nalishlarda oltin medalni qo'lga kiritib Osiyo chempioni degan nomga sazovor bo'lgan bo'lsa, Kamola Karimova esa 3ta bronza medalni qo'lga kiritdi.
Yoshlar, -87 kg:
1. Tursunoy Jabborova (O'zbekiston) – 235 (108+127) kg
2. Xo Pxong (Vetnam) – 194 (88+106) kg
3. Kamola Karimova (O'zbekiston) – 182 (77+105) kg
Malumot uchun: bugun og'ir atletika bo'yicha Toshkentda o'tayotgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati so'nggi kuni hisoblanadi.
Fikrlar