16 dek 21:06
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletika. Tursunoy Jabborovadan qo'shaloq medallar!
Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z nihoyasiga etib bormoqda.
Kunning so'nggi dasturida Tursunoy Jabborova (-87 kg) terma jamoamiz hisobiga navbatdagi medallarni taqdim qildi.
Hamyurtimiz dast ko'tarish mashqida 113 kg natija qayd etib, oltin medalni rasmiylashtirdi. Umumiy hisobdagi g'olibni aniqlab bergan siltab ko'tarish dasturida vakilamiz 131 kg bilan ishtirokini tugatdi. Yakunda 244 kg natija qayd etgan Jabborova ikki kurash bo'yicha kumush medalini qo'lga kiritdi.
Og'ir atletika bo'yicha JCH.
Ayollar, -87 kg:
1. Anxceceg Munxjantsan (Mo'g'uliston) – 250 (109+141) kg
2. Tursunoy Jabborova (O'zbekiston) – 244 (113+131) kg
3. Solfrid Koanda (Norvegiya) – 244 (103+141) kg
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar