So’nggi yangiliklar

12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0

27 sen 07:00
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Urganchda kichik o'smirlar (U15) va o'smirlar (U17) o'rtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi

Teglar :  Og'ir atletika
Joriy yilning 15-23 sentyabr kunlari Urganch shahri og'ir atletika bo'yicha kichik o'smirlar (U15) va o'smirlar o'rtasida (U17) O'zbekiston kubogiga mezbonlik qildi.

Musobaqada 28 ta jamoadan jami 380 nafar sportchi ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy o'tgan mamlakat kubogida U15 sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda o'g'il bolalar bahsida Namangan viloyati jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni  qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikdan CHirchiq va Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari jamoalari joy oldi. Qiz bolalar o'rtasida esa Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza, jami 7 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan bo'lsa, 2- va 3-o'rinlar Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Xorazm viloyati jamoalariga nasib etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, ushbu yosh toifasida umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 9 ta medal qo'lga kiritgan Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi, kuchli uchlikdan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Namangan viloyati jamoalari joy oldi.

U17 sportchilar o'rtasidagi bellashuvlarda esa o'g'il bolalar bahsida Xorazm viloyati jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni  qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikdan Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi hamda Kasaba uyushmalari jamoasi joy oldi. Qiz bolalar o'rtasida esa Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 8 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan bo'lsa, 2- va 3-o'rinlar Navoiy hamda Namangan Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga nasib etdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, ushbu yosh toifasida umumjamoa hisobida 5 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza, jami 10 ta medal qo'lga kiritgan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi, kuchli uchlikdan Xorazm viloyati hamda Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi jamoalari joy oldi.

Takidlash lozimki, aynan ushbu O'zbekiston kubogida saralab olingan sportchilar 2025 yil Toshkent mezbonligida o'tadigan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan. SHuningdek, ular kelasi yil Peruda bo'ladigan yoshlar o'rtasidagi hamda Ispaniyala bo'ladigan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etishadi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing