So’nggi yangiliklar

21:08Баркалла! "Номзодлар турнири". Синдаров пешқадамлар баҳсида асосий рақиби Фабиано Каруанани мағлуб этди 0 18:09Топурия ижтимоий тармоқлардаги статусида Гэтжи устидан ғалабани олдиндан ўз ҳисобига ёзиб қўйди + ФОТО 0 17:47Қизиқ! Шерзод Темиров 24 соат ичида иккита ўйинда иштирок этди. Футболчининг ўзи вазиятга изоҳ берди 0 17:27Абдуллаев, Жалолов, ва Жамалов. Эркин кураш терма жамоамизнинг Осиё чемпионати учун таркиби қандай? 0 17:06Синдаров: "Болалигимизда Праггнанандҳа билан кўп ўйнаганмиз ва деярли ҳар доим у ютарди" 0 16:43Кутганмидингиз? Шоҳжаҳон Эргашевнинг Батир Жукембаев билан жанги қолдирилди 0 16:22Конго ДР президенти терма жамоани табриклади 0 15:57Чемпион Волкановскининг кейинги рақиби Мовсар Евлоев бўлади 0 15:35M25 Maanshan: Фомин ғалаба билан бошлади, Шинда мағлубият 0 15:10Россиялик спортчи UFC'да Қозоғистон номидан жанг қилмоқчи 0 14:45Гаттузо узр сўради 0 14:22Нурсултон Рўзибоев UFC'даги кейинги жанги аниқ бўлганини тасдиқлади (ФОТО) 0 13:56Хоккей бўйича миллий терма жамоамиз Жаҳон чемпионати олдидан ўртоқлик ўйинида қатнашди 0 13:29UFC рейтинги янгиланди: Пайфер энди топ-10 да, Адесанья эса... 0 12:58Барча ЖЧ-2026 иштирокчилари маълум: Осиёдан 9 та жамоа, Африкадан 10 та! 0

18 fev 10:20
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletika. Zafarjonov zafar quchdi

Teglar :  Og'ir atletika
"O'zbekiston" sport majmuasida og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha erkaklar o'rtasida -81 kg vaznda medallar taqsimlandi. Yoshlar o'rtasidagi -81 kg vaznda Vatanimiz sharafini Muhammadqodir Toshtemirov, Sarvarbek Zafarjonov, o'smirlar o'rtasida esa, Valijon SHaripov va Fazliddin To'raboev himoya qildilar.

Fazliddin To'raboev dast ko'tarishda 133 kg, siltab ko'tarishda 157 kg, ikki mashq yakuniga ko'ra 290 kg og'irlikdagi toshni o'ziga bo'ysindirib Osiyo chempioniga aylandi.

Buxorolik Valijon SHaripov dast ko'tarishda 121 kg bilan bronza, siltab ko'tarishda 157 kg bilan kumush medal, umumiy 278 kg og'irlikni ko'tarib faxrli 2-o'rinni band etdi. 3-o'rin Xitoy Taeypeyi vakili Xsix CHung-Mingga nasib etdi (95+140=235kg).

Yoshlar o'rtasida Sarvarbek Zafarjonov 156 kg bilan dast ko'tarish mashqida kumush medal, siltab ko'tarishda 188 kg, umumiy 344 kg toshni ko'tarishga erishdi va Yoshlar o'rtasida Osiyo chempioni nomiga sazovor bo'ldi. Eslatib o'tamiz, chempionimiz Xalqaro birdamlik musobaqasida ham shohsupaning yuqori pog'onasiga ko'tarilgan edi.

Muhammadqodir Toshtemirov dast ko'tarishda 161 kg og'irlikni ko'tarib oltin medal, siltab ko'tarishda 182 kg toshni qiyinchiliksiz ko'tarib kumush va ikki kurash hisobiga ko'ra kumush medallarni egalladi. 

Qo'shni davlat Qirg'iziston azosi Emil Moldodosov dast ko'tarish mashqida 138 kg bilan bronza medaliga ega bo'ldi. Siltab ko'tarishda esa, yana bir qo'shni mamlakat vakili Sapi Essenkeldi 177 kg, ikki kurash bo'yicha 311 kg bilan 3-o'rinni egalladi.

"Osiyo chempionatida ilk bor g'olib bo'lishim. Ushbu sport majmuasida ikkinchi bor madhiyamiz mening sharafimga yangradi. Bu har bir sportchining azaliy orzusi. Bu bilan to'xtab qolmayman. Yaqin kunlarda Jahon chempionatida ham bayrog'imizni baland ko'tarishga vada beraman",- dedi, Sarvarbek Zafarjonov.

Terma jamoamiz atletlari shu tariqa Tokio tomon yana bir qadam tashladilar. Oldinda musobaqalar ko'p. Biz ularga ishonamiz.

Sarvinoz Raxmonqulova

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing