08 dek 21:15
Yangiliklar
Og'ir atletika. Zuhra Otojonova jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Hozirgina kattalar o'rtasida -49 kg vazn toifasida ayollar bahsi yakuniga etdi, deb xabar berdi O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati.
Ushbu guruhda supachaga ko'tarilgan yosh sportchimiz belgilangan reja bo'yicha ishonchli harakat qildi. Siltab ko'tarish mashqining oxirgi urinishida unga biroz tajriba etishmadi va hamyurtimiz shtangani jilovlay olmadi.
Ikkikurash natijasiga ko'ra 10-o'rin bilan cheklangan bo'lsada, ushbu jahon chempionati Zuhra uchun ulkan tajriba maktabi bo'lib xizmat qilishiga ishonib qolamiz!
Tailandlik Surodchana Kambaoga barcha raqiblaridan bir bosh ustunligini isbotlay olgan bo'lsa, shohsupaning keyingi ikki pog'onasiga kunchiqar yurt vakilalari ko'tarilishdi.
Kattalar o'rtasida jahon chempionati
Ayollar, -49 kg
1 Kambao Surodchana (Tailand) - 191 (86+105) kg;
2. Suzuki Rira (Yaponiya) - 179 (78+101) kg;
3. Takaxashi Ibuki (Yaponiya) - 172 (71+101) kg;
10. Zuhra Otojonova (O'zbekiston) - 150 (66+84) kg.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar