So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

17 noy 11:42
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachi Rustam Jangaboevga “Nexia” avtomobilining kaliti topshirildi

Rustam Jangaboevga “Nexia” avtomobilining kaliti topshirildi Nukusda joriy yil sentyabr oyida Turkmanistonning Ashxobod shahrida bo'lib o'tgan Yopiq inshootlarda va jang sanatlari bo'yicha V Osiyo o'yinlari sovrindori bo'lgan qoraqalpog'istonlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Yangidan bunyod etilgan Olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha ixtisoslashtirilgan oliy sport mahorat maktabida tashkil etilgan tadbirda sport faxriylari, murabbiylar, yosh sportchilar ishtirok etdi. 

Qitamizning eng kuchli sportchilari bellashgan nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi tarkibida qatnashgan og'ir atletikachi Rustam Jangaboev birinchi o'rinni egallab, oltin medalga sazovor bo'ldi. U 2016 yili Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo'lib o'tgan XXXI yozgi Olimpiya o'yinlarida oltinchi o'rinni, Qatarning Doxa shahrida o'tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida birinchi o'rinni, joriy yil aprel oyida Turkmanistonda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida birinchi o'rinni egalladi. 

Tadbirda Vatanimiz bayrog'ini baland ko'tarib, xalqaro musobaqalarda yurtimiz dovrug'ini dunyoga tanitgan sportchi Rustam Jangaboevga “Nexia” avtomobilining kaliti topshirildi.

SHuningdek, V Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashib, bronza medalga sazovor bo'lgan sportchilar – muaytay bo'yicha Ubbiniyoz To'reniyozov, erkin kurash bo'yicha Davletbike Yaxshimuratova va Sevara Eshmuratova hamda sportchilarni musobaqalarga tayyorlagan murabbiylar Mansur CHashimov, Qutlimurat Jumanov, Damir Hasanov va Nukusboy Daniyorovga televizorlar topshirildi.

G'olib sportchilarni Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi Raisi M.Erniyazov tabriklab, sovg'alar topshirdi.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing