20 apr 16:14
Yangiliklar
Og'ir atletikachilar Olimpiadadan avval 3 hafta maxsus lagerga olib borilishi mumkin
Endi ushbu tashabbusni Xalqaro Olimpiya qo'mitasi qo'llab-quvvatlashi kerak.
Xalqaro tashkilot rejasiga ko'ra, Olimpiya o'yinlariga licenziya olgan sportchilar musobaqa boshlangunga qadar 3 hafta mobaynida maxsus lagerda bo'lishadi. Ushbu vaqt oralig'ida atletlardan doping tahlillari olinadi. Tahlillari musbat chiqqan sportchilar Olimpiya o'yinlariga qo'yilmaydi.
Bunday dasturdan ko'zlangan maqsad Olimpiya o'yinlarida “toza” sportchilarning ishtirokini taminlash, musobaqada og'ir atletika sport turida hech bir atletdan doping chiqmasligini taminlashdir. Hozirda IWF Ijroiya qo'mitasi bo'lajak Olimpiya o'yinlarining saralash tizimini qaytadan ko'rib chiqish borasida XOQ bilan muzokaralar olib bormoqda.
Fikrlar