So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

13 sen 15:52
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Ashxobodga kuchli tarkib bilan yo'l olishmoqda

Teglar :  Og'ir atletika
Turkmaniston poytaxtida bo'lib o'tadigan Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarining boshlanishiga 4 kun vaqt qoldi.

Xabar berib o'tganimizdek ushbu nufuzli musobaqada O'zbekiston 189 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Hozirda deyarli barcha sport turlari bo'yicha terma jamoalar musobaqa oldidan tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarini yakunlab, Ashxobod safariga jo'nab ketishga shay bo'lib turishibdi. 

Etiborli jihati shundaki, Jang sanati va yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlari tarixida birinchi marta 64 mamlakat vakillari ishtirok etishadi. Ularning 45 tasini Osiyo davlatlari tashkil etsa, Okeaniya mintaqasidan ham 19 ta mamlakat vakillari Ashxoboddagi musobaqada o'z omadlarini sinab ko'rishadi. Musobaqa dasturidan 21 ta sport turi o'rin olgan bo'lib, ularning 20 tasida o'zbekistonlik sportchilar ham g'oliblik uchun kurash olib borishi xaqida biz oldinroq xabar berib o'tgandik. 

SHuni alohida takidlash lozimki, ko'pgina sport turlarida O'zbekiston vakillari musobaqaning asosiy favoritlari sifatida etirof etilmoqda. Jumladan, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi rahbariyati ham Turkmaniston poytaxtiga kuchli tarkibni yuborishga qaror qildi. Terma jamoamizning 11 kishilik tarkibida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olib va sovrindorlari, Osiyo chempionlari, nufuzli xalqaro turnirlar g'oliblari bor. 

Demak, Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida yurtimiz sharafini quyidagi atletlarimiz himoya qilishadi: 

Erkaklar terma jamoasi 

-69 kg. Doston Yoqubov – Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, 2017 yilgi “Islom birdamlik o'yinlari” va Osiyo chempionatining bronza medali sohibi,

-77 kg. SHaxzod Xudoyberganov - 2017 yilgi yoshlar o'rtasida Jahon chempionatining kumush medali sohibi,  

-85 kg. Ulug'bek Alimov – “Islom birdamlik o'yinlari”ning kumush medali sovrindori, 

-94 kg. Farxodbek Sobirov - 2017 yilgi yoshlar o'rtasida Jahon chempionati g'olibi,  

-105 kg. Ivan Efremov – Rio-2016 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, 2017 yilgi “Islom birdamlik o'yinlari” va Osiyo chempionatida kumush medali sohibi, 

+105 kg. Rustam Djangabaev – Osiyo chempioni, “Islom birdamlik o'yinlari” g'olibi va rekordchisi. 


Qizlar terma jamoasi 

-48 kg. Mahliyo Tog'oeva - 2014 yilgi Osiyo o'yinlari bronza medali egasi, 

-58 kg. Muattar Nabieva - 2017 yilgi “Islom birdamlik o'yinlari” bronza medali egasi,  

-63 kg. Kumushxon Fayzullaeva - 2017 yilgi yoshlar o'rtasida Osiyo chempionatida oltin medal sohibi, 

-75 kg. Omadoy Otaqo'zieva – 2017 yilgi “Islom birdamlik o'yinlari” va Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori, 

-90 kg. Dolera Davronova - 2017 yilgi Osiyo chempionati bronza medali egasi.  

Ashxobodda terma jamoamizga uch nafar mutaxassis murabbiylik qilishadi. Bular: Bahrom Abdumalikov, Bahram Mendibaev va Mahmud Tog'oev. O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrillo Mahmudov Turkmaniston poytaxtiga Osiyo og'ir atletika federaciyasining vice-prezidenti sifatida tashrif buyuradi. SHuningdek, SHahrillo SHaripovich musobaqaning elit jyurilari qatorida bellashuvlarga hakamlik qiladilar. 

Biz Ashxobod safariga jo'nab ketayotgan delegaciyamizning barcha azolari qatorida og'ir atletika bo'yicha terma jamoamizga ham musobaqada omad va zafarlar tilab qolamiz. Malumot uchun, Jang sanati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o'yinlarida og'ir atletika bo'yicha bellashuvlar 18-25 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing