So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

03 noy 12:05
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Xabar berib o'tganimizdek, Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati start oldi.

Avvalroq, O'zbekiston terma jamoasining musobaqada ishtirok etayotgan tarkibini malum qilgandik.

Bugun polvonlarimiz jahon birinchiligidagi ishtiroklarini boshladilar. Yaqindagina o'smirlar Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan Muhammadqodir Toshtemirov kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida chiqish qildi. Hamyurtimiz -73 kg vazn toifasida "S" guruhidagi bahslarda ishtirok etdi va ettinchi natijani ko'rsatdi. Qayd etish lozimki, Muhammadqodir S guruhida bahslarga kirishgan 13 nafar atlet ichida yoshi eng kichik sportchi edi. Ammo, shunga qaramay u o'zidan yoshi katta bo'lgan polvonlardan ham yaxshiroq natija ko'rsata oldi. Umid qilamizki, o'smirlar Olimpiadasi sovrindori hisoblangan Muhammadqodir uchun bu hali boshlanishi. Uning zafarli yurishlari hali oldinda.

Bugun shuningdek, Adhamjon Ergashev va Muattar Nabievalar A guruhida g'oliblik uchun supachaga chiqadilar.

Etiboringizga o'zbekistonlik sportchilarning jahon chempionatidagi ishtiroklari taqvimini havola qilamiz:

-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (S guruhi, 3 noyabr)

-61 kg: Adhamjon Ergashev (A guruhi, 3 noyabr)

-67 kg: Doston Yoqubov (A guruhi, 4 noyabr)

-89 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov (S guruhi, 6 noyabr)

-89 kg: Sunnatilla O'sarov (B guruhi, 6 noyabr)

-102 kg: Akbar Jo'raev (A guruhi, 8 noyabr)

-109 kg: Ruslan Nurutdinov (A guruhi, 9 noyabr)

+109 kg: Rustam Djangabaev (A guruhi, 10 noyabr)

Qizlar:

-55 kg: Muattar Nabieva (A guruhi, 3 noyabr)

-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva (B guruhi, 5 noyabr)

-81 kg: Tursunoy Jabborova (A guruhi, 8 noyabr)

-87 kg: Dolera Davronova (B guruhi, 9 noyabr).

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing