31 iyu 07:02
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachilarimiz kechaning o'zida 6 ta medalga ega chiqishdi!
Hindistonda o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kechagi kuni O'zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Unda yurtdoshlarimiz 1 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
-55 kg vazn toifasidagi o'smir qizlar bahsida ishtirok etgan Ziyoda Xudoyqulova dast ko'tarish mashqida 78 kg bilan oltin, siltab ko'tarishda 88 kg hamda ikki kurash bo'yicha 166 kg bilan bronza medallariga sazovor bo'ldi.
SHuningdek, ushbu vazn toifasida yoshlar o'rtasidagi musobaqada Nigora Abdullaeva dast ko'tarishda 80 kg, siltab ko'tarishda 101 kg va umumiy hisobda 181 kg natija ko'rsatib, uchta kumush medalni qo'lga kiritdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar