15 iyu 10:21
Yangiliklar
Og'ir atletika
Og'ir atletikachilarimiz Meksikadagi dunyo birinchiligini 3 ta medal bilan boshlashdi
Meksikaning Leon shahrida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki medallariga sazovor bo'ldi.
-73 kg vazn toifasida bahs olib borgan Diyorbek Ermatov 3 bor shohsupaga ko'tarildi. Hamyurtimiz o'zining sevimli dast ko'tarish mashqida qozog'istonlik Edige Emberdi bilan murosasiz raqobat olib bordi. Afsuski, ushbu kurashda polvonimiz 1 kg tafovut bilan imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Siltab ko'tarish mashqida jahon rekordini qayd etgan Emberdi raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirdi. Ushbu mashqda Ermatov bronza, ikki kurashda esa kumush medali bilan taqdirlandi.
Og'ir atletika. O'smirlar o'rtasida JCH. Yigitlar. -73 kg:
1. Edige Emberdi (Qozog'iston) – 306 (134+172) kg
2. Diyorbek Ermatov (O'zbekiston) – 290 (133+157) kg
3. Brayan Ibanes (Kanada) – 288 (132+156) kg
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar