06 may 07:44
Yangiliklar
Og'ir atletikachilarimiz Osiyo chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi
Parij-2024 Olimpiadasi yo'lida qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini boshladi.
Vakillarimiz orasidan birinchi bo'lib -55 kg vazn toifasidagi Og'abek Nafasov supaga chiqdi. Yurtdoshimiz dast ko'tarishda 111 kg, siltab ko'tarishda 127 kg va ikki kurashda 238 kg natija qayd etib, musobaqani oltinchi o'rinda yakunladi.
Qolgan hamyurtlarimizning chiqishi quyidagi kunlarga belgilangan:
6 may:
-55 kg: Nigora Abdullaeva va Jamila Panfilova (A guruhi, 11:00)
7 may:
-67 kg: Diyor Ro'zmetov va Adhamjon Ergashev (A guruhi, 11:00)
8 may:
-73 kg: Doston Yoqubov (A guruhi, 14:00)
11 may:
-87 kg: Rigina Adashboeva (A guruhi, 11:00)
-96 kg: Sunnatilla O'sarov va Hojiakbar Olimov (A guruhi, 14:00)
12 may:
-109 kg: Ruslan Nurudinov va Qurbonmurod Namozov (A guruhi, 14:00)
13 may:
+87 kg: Tursunoy Jabborova (A guruhi, 09:00)
+109 kg: Akbar Jo'raev va Rustam Jangabaev (A guruhi, 10:00)
Fikrlar