So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

10 noy 07:42
Yangiliklar

Og'ir atletika

Og'ir atletikachilarimiz Peru Gran-prisini muvaffaqiyatli boshlashdi

Teglar :  Og'ir atletika
Peru poytaxti Lima shahrida og'ir atletika bo'yicha Gran-pri musobaqasi start oldi.

Har bir vazn toifasida sayyoramizning eng kuchli atletlari ishtirok etayotgan mazkur musobaqaning birinchi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.

Dastlab yigitlar o'rtasida Adhamjon Ergashev -67 kilogramm vazn toifasida ishtirok etdi. Hamyurtimiz siltab ko'tarish mashqi bo'yicha 177 kilogramm natija qayd etib, ushbu yo'nalishning oltin medaliga sazovor bo'ldi. Ergashev dast ko'tarishda 136 kilogramm og'irlikni ko'targan edi. SHu tariqa hamyurtimiz ikki kurash bo'yicha 313 kilogramm bilan yakunda kumush medal sohibiga aylandi.

Peru Gran-prisi.
Erkaklar, -67 kg
1. Luis Xaver Moskera (Kolumbiya) – 318 kg (145 kg + 173 kg)
2. Adhamjon Ergashev (O'zbekiston) – 313 kg (136 kg + 177 kg)
3. Minxao Xuang (Xitoy) – 312 kg (146 kg + 166 kg)

SHuningdek, -55 kilogramm vazn toifasida supaga chiqqan Muattar Nabieva musobaqani 3 ta medal bilan yakunlandi. Andijonlik og'ir atletikachimiz dast ko'tarishda 93 kilogramm bilan kumush, siltab ko'tarishda 111 kilogramm bilan bronza va umumiy hisobda 204 kilogramm natija bilan shohsupaning ikkinchi pog'onasiga ko'tarildi.


Peru Gran-prisi.
Ayollar, -55 kg
1. Enni Siniterra (Kolumbiya) – 208 kg (94 kg + 114 kg)
2. Muattar Nabieva (O'zbekiston) – 204 kg ( 93 kg + 111 kg)
3. Ana Lopes Ferrer (Meksika) – 202 kg (90 kg + 112 kg)

Mazkur Gran-pri kelasi yil Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yana bir katta ahamiyat kasb etar edi. SHubhasiz, bu natijalar bilan hamyurtlarimiz Olimpiada reytingidagi pog'onalarini yanada yaxshilab olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ertaga bo'lib o'tadigan bahslarda terma jamoamizning yana bir vakili Doston Yoqubov -73 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing